
Yaxshiboevning jamoadoshi endi Jaloliddinov bilan o‘ynaydi
Soligorskning “Shaxtyor” jamoasida Jasur Yaxshiboev bilan birga o‘ynagan Vitaliy Lisakovich faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
22 yoshli hujumchi moskvalik “temiryo‘lchilar” bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi va 88-raqamni tanladi.
Belarus chempionatida Jasur Yaxshiboev bilan birga o‘ynagan Vitaliy Lisakovich Rossiyada yana bir o‘zbek futbolchisi Jasur Jaloliddinov yonida to‘p suradigan bo‘ldi. Har ikki futbolchi uchun bu Rossiyadagi debyut mavsumi bo‘ladi.
Fikrlar