
Yaxshiboev penaltilar seriyasida xato qildi, "Shaxtyor" Soligorsk Evropa Ligasini tark etdi
Bugun Evropa Ligasi birinchi saralash bosqichi doirasidagi ko‘plab uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Biz uchun e’tiborlisi, hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev harakat qilayotgan "Shaxtyor" Soligorsk o‘z maydonida Moldova klubi "Sfintul-George"ni qabul qildi.
Murosasiz bellashuv 0-0 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda Belarus klubi 1-4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yaxshiboev jamoasining birinchi penaltisini golga aylantira olmadi.
Jasurbek, ikkinchi taym avvalida maydonga tushgan edi.
Fikrlar