
Yasper Sillessen: "Barselona"da zaxirada o‘tirgandan "Valensiya"da o‘ynagan yaxshiroq
Mavsumlar oralig‘ida "Valensiya"ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Yasper Sillessen nega "Barselona"dan ketishga qaror qilganini izohladi.
“Menda “Barsa” bilan hech qanday muammo bo‘lmagan, biroq men muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlayman. Bu jamoani almashtirishimga sabab bo‘lgan yagona narsa. Qolaversa, “Valensiya”ga o‘tishimni orqaga tashlangan qadam deb hisoblamayman. “Barselona”da zaxirada o‘tirgandan ko‘ra shu erda o‘ynaganim yaxshi”, - deydi gollandiyalik posbon.
Ma’lumot uchun, Sillessen o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida bor yo‘g‘i 10ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar