
Yaponiya. Tursunovning jamoasi "Gifu"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" klubi bu tur o‘z maydonida "Gifu"ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Tursunovga jamoa bosh murabbiyi dam olish imkonini berdi va shu bois u bugun zaxirada qoldi. Bugungi g‘alaba natijasida "Renofa Yamaguchi" hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yaponiya "J2" Ligasi. 19-tur
"Renofa Yamaguchi" - "Gifu" 4:0.
Fikrlar