
Yaponiya klubi Robben bilan shartnoma imzolamoqchi
“Bavariya” yarim himoyachisi Aren Robben faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.
Gollandiyalik futbolchiga Yaponiyaning “Tokio” klubi qiziqish bildirmoqda. Robben katta ehtimol bilan ushbu jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin. Uning “Bavariya” bilan shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi. Shundan so‘ng u erkin agent sifatida “Bavariya”ni tark etadi.
Robben uchun “Tokio” klubidan tashqari, Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar