Yaponiya. Doston Tursunovning jamoasi irodali g‘alabaga erishdi

  • 30 iyun, 2019, 18:04
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Hamyurtimiz Doston Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" jamoasi safarda "Fukuoka"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuvda mezbonlar ikki bor hisobda oldinga chiqib olganliklariga qaramay yakunda "Renofa Yamaguchi" 4:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tursunov bugun ham o‘tgan turda bo‘lgani singari zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Shu tariqa "Renofa Yamaguchi" hisobidagi ochkolar soni 23 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yaponiya "J2" Ligasi. 20-tur

"Fukuoka" - "Renofa Yamaguchi" 2:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!