
"Yangier"ni tark etgan futbolchi legionerga aylandi
Joriy mavsumni «Yangier-Quruvchi» tarkibida boshlagan 29 yoshli himoyachi Shohruh Xolmatov faoliyatini Bangladeshda davom ettiradi.
Shohruh Xolmatov Bangladeshning «Rahmatganch» jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Xolmatov joriy mavsum jamoamiz safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun yaqinda saytimiz orqali ushbu futbolchini "Yangier"dan ketgani xususida xabar bergandik.
Fikrlar