
Yangi Zelandiya bosh murabbiyi: "Tan olish kerak, biz O‘zbekiston bilan o‘yinda ikkita ajoyib gol urdik!"
Argentina yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempioniatining 2-tur uchrashuvlari start oldi. Unda vakillarimiz Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushdi.
Dastlab raqiblar Boymurodov darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Fayzullaev va Esanov hisobni tenglashtirib ketdi. Mazkur o‘yindan keyin Yangi Zelandiya bosh murabbiyi Darrin Beziliy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bilaman, 90-daqiqaga qadar natija biz tomonda edi. Ammo yigitlarning o‘yinga bo‘lgan diqqat-e’tiborini alohida e’tirof etishim kerak.
Futbolchilarim yana bir o‘yinda ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bu biz uchun yaxshi natija, albatta.
O‘zbekiston bizni bosim ostida ushlab tura oldi. Biz esa ana shu bosimdan chiqib, ochiq zonalardan foydalanishga harakat qildik. Tan olish lozim, biz mazkur o‘yinda ikkita ajoyib gol urdik!", - dedi mutaxassis o‘yindan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Fikrlar