Yangi tashkil etilgan "Olimpik"ning "ishtahasi" chakki emas

  • 1 mart, 2021, 18:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi tashkil etilgan “Olimpik” jamoasi Timur Kapadze boshchiligida mavsumga tayyorgarligini davom ettiryapti.

Tecno

Aytish joizki, ularning "ishtahasi" chakki emas. Garchi klub faoliyatini yaqinda boshlaganiga qaramasdan Toshkentda o‘tkazilayotgan o‘rtoqlik bahslarida Kapadze jamoasi yaxshi taassurot qoldirgan holda raqiblarini birin-ketin mag‘lub etib kelmoqda.

Rejaga muvofiq, bugun uning jamoasi pro-liga qatnashchilaridan biri – “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda “Olimpik”ning qo‘li baland keldi – 3:1.

“Olimpik”: Xamidillo Abdunabiev, Javohir Abdualiev, Shahzod Toirov, Xamid Rustamxonov, Ozod Ramazonov, Azamat Halilov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asad Karimov, Ruslan Jiyanov, Muhsin Normatov, Shohjahon Sultonmurodov.

Zaxiradan tushganlar: Vladimir Nazarov, Begzod Shamsiev, Eldor Begimov, Jalol Sodiqov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo‘riev, Farruhbek Muxtorov, Muhammadaziz Ibragimov, Timur Mamasidiqov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Alisher Odilov.

“Istiqlol”: Farruh Turdaliev, Ahror O‘ktamov, Iqbol Boboxonov, Abduholid Qurbonov, Abbos Maxsitaliev, Sardor Sotvoldiev, Malikshoh Rasulov, Mansur Saidov, Shoxruh Boyqo‘ziev, Dilyor Ermatov, Elyor Mamasoliev.

Zaxiradan tushganlar: Rahmatillo O‘ktamov, Dostonbek O‘rinboev, Xushnud Bozorov, Doston Bobojonov.

Gollar: Muhammadqodir Rahimberganov, 23 - 1:0. Muhammadqodir Rahimberganov, 25 - 2:0. Malikshoh Rasulov, 59 - 2:1. Saidazamat Mirsaidov, 88 - 3:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!