
Yana boshlandi...
Germaniya hukumati mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani tufayli qonun qabul qiladi. Unga ko‘ra barcha sport tadbirlari, jumladan, Bundesligadagi futbol o‘yinlari yana tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Qonun 28 dekabrdan kuchga kiradi.
Bunga mamlakatda so‘nggi bir necha hafta ichida sezilarli darajada yomonlashgan epidemiologik vaziyat sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Get German Football News. Aytish joizki, bungacha Bundesliga uchrashuvlariga ko‘pi bilan 15 ming muxlisni kirishiga ruxsat berilgan edi.
Cheklovlar qancha davom etishi hozircha noma’lum. Ko‘rinishidan, hammasi Covid-19 infektsiyasining kutilayotgan yangi to‘lqini va mamlakatdagi vaziyatga bog‘liq.
Fikrlar