
Yana bir MMA jangchisi vafot etdi
MMA jangchisi Uilyam Joplin oshqozon osti bezi saratoni tufayli 41 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi The Sun. Amerikalik sportchi turli musobaqalarda oktagonga chiqqan. “Bellator”da ham bitta jang o‘tkazgan. Unda Joplin Xuan Archuletaga imkoniyatni boy bergan edi.
2018 yilda Joplinga saraton kasalligi tashhisi qo‘yilgandi. Ahamityali jihati 8 oy oldin onasi ham ushbu kasallik tufayli bu yorug‘ olamni tark etgan.
Fikrlar