
Yamalga Messi va Ronaldu darajasiga ko‘tarilishni o‘rgatishdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklar etakchisiga aylangan 17 yoshli Lamin Yamal haqida fikr bildirib, ispaniyalik futbolchi kelajakda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga etish uchun nimalar qilishi kerakligini aytib o‘tdi.
- Agar sen yuqori darajada o‘ynashga qodir bo‘lsang, birinchi navbatda, o‘sha saviyani ushlab qolishni bilishing kerak. Gap alohida olingan bitta uchrashuvda zo‘r o‘ynab berishda emas. Lamin buni juda yaxshi biladi.
Shuningdek, Yamal faqat iqtilorga tayanib o‘ynash noto‘g‘ri ekani, balki mehnat qilish muhimligini ham anglaydi. Messi va Ronaldu darajasiga chiqishni istasang, xotirjamlikni saqlay olish kerak.
Biz Yamal 17 yoshida yuqori saviyada o‘ynayotganijan xursandmiz, lekin u ko‘proq mehnat qilishi, hozirgi darajasi bilan kifoyalanmay, yanada o‘sishga erishish uchun harakatdan to‘xtamasligi kerakligini ham inobatga olishimiz shart, - dedi Xans-Diter Flik.
Fikrlar