Yamal "Barselona" uchun haqiqiy xazina

  • 6 fevral, 17:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Rivaldo jamoaning 17 yoshli hujumchisi Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi.

- Lamin shunday o‘ynaydiki, uni 25 yoshli tajribali futbolchiga o‘xshatish mumkin. Yamalning futbol darajasiga qoyil qoldim.

Bu futbolchi kataloniyaliklar uchun haqiqiy xazina hisoblanadi. Yaqin kelajakda u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlik qiladi," - dedi braziliyalik sobiq futbolchi.

Yamal joriy mavsum Ispaniya chempionatida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi beshta gol va o‘nta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Laminning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!