Xyuistra, Hasanov, Sekeyra, Yo‘ldosheva va Berdiev ishlari qo‘mitalarga oshirildi

  • 26 oktabr, 2021, 16:31
  • Javokhir Azimov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va keyinroq mezbonlar futbolchisi Jasur Hasanov unga nisbatan javob qaytardi.

Tecno

Jasur Hasanov Piter Xyuistraga nisbatan juda qo‘pol fikr bildirdi. Bunda u shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi o‘xshatishdan foydalandi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu kabi haqoratlarni qoralaydi. Shundan kelib chiqib, Hasanov masalasi O‘FA Etika qo‘mitasiga oshirildi.

Hasanovning bu hatti-harakatiga “Paxtakor” bosh murabbiyi tomonidan bildirilgan fikr sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi murabbiylar fikrini hurmat qiladi. Biroq bu borada ular chegaradan chiqmasliklarini so‘raydi. Shundan kelib chiqib, mehmonlar bosh murabbiyi ishi ham Etika qo‘mitasiga oshirildi.

Shuningdek, Superliganing mazkur turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi portugaliyalik murabbiy fikrlarini hurmat qiladi va har qanday holatda ham uni Reglamentga amal qilishga chaqiradi. Unga ko‘ra, uchrashuv hakamlarini tanqid qilishga cheklov qo‘yilmagan. Shunchaki, hakamlik masalasida xatolar kuzatilgan bo‘lsa, yozma ravishda shikoyat kiritilishi kerakligi va bu boradagi yo‘l-yo‘riqlar Reglamentda o‘z ifodasini topgan. Reglamentning 18.19-bandidan kelib chiqib, Sekeyra ishi intizom chorasi qo‘llash uchun Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvi davomida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Reglamentga zid bo‘lgan qator hatti-harakatlarni amalga oshirgan. Komissar bildirgisiga asosan, “Nasaf” ustozining hatti-harakatlariga Tartib-intizom qo‘mitasi baho beradi.

Ayollar Oliy ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Paxtakor-W” — “Navbahor-W” uchrashuviga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar uchrashuvni yakunlamay, maydonni tark etgan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL jamoa bosh murabbiyi Karima Yo‘ldoshevaning litsenziyasini vaqtincha bekor qildi va uning hatti-harakatlarini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum avvalida “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ni taqdim etgan. Sizda Reglament matni bilan elektron tanishish imkoniyati mavjud. Biz futbol murabbiylarining fikr-mulohazalarini hurmat qilamiz. Shu bilan birgalikda, ular fikr bildirayotganga yoki biror hatti-harakatni amalga oshirayotganda etika normalaridan chetga chiqmasliklarini talab etamiz. Reglament oldida barcha birdek javobgar ekanligi unutilmasligi shart.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azizbek Muminov
26/10/2021 17:44
ПФЛ ва бошқа футбол ташкилотлари хаммаси езса мурожаатни босди-босди қилиб етишини халқ эмас мураббийлар хам билиб турибди. Ифлослар шунчалика борасанларми. Ошинг халол бўлса кучада ейиш керак деган сўзларни биласанларми. Шунча мутахассис езмоқда. Жавобни қаранглар. Ундан кўра итга ўхшаб акилласаларинг бўлмайдими. Холатни қаранг анави бизни футболда чиқиб теливизорда хакамларни олдини олган тупой кеча йуқолиб қолибдику. Мутахассис гапирса ишонмасанг санларга халқ қаргиши тегиб бола чақангни олдида қандай бош кутарасанлар. Эркак бўлиб теливизорда шу хато қилди бундай бўлиши керак эди бўйнига қўйиб футболдан четвормисанларми халқ санларга туриб бермайди халолигинг учун. Теливизордаги журналистлар эркак бўлсаларинг очиқчасига гарирларинг. Орқангда Президент турибдику сенларни химоя қилиб. Иккита одамдан қўрқиб бутун халқ олдида обруйингни тўкиб нима қиласанлар. Бўлмаса бундай кўрсатувни егиштириб бола чақангни бошқа иш билан боқларинг ЭРКАКЛАР
Бахтийор Бобойиб
26/10/2021 17:31
Бу турушда узбек фудболи онасини оминиям ривожланмайди. Хакикатни айтга жазоланади. Бу ПФЛ да утирганни кистасини тулдириб. Пфл утирганлар хаммангни. Тартиб интизом кумитасига хаммангни каллангга куток. Хакикат ажжик булади.( сукинганим у.н узр) Илтимос бу тренер Ларни хам тушунингла. Фудбол курмийман.
Сикдим
Nuriddin Nuriddin
26/10/2021 16:41
Яна хакамлар хақ эканда. Арз қилганни наказат қилинглар
Nuriddin Nuriddin
26/10/2021 16:41
Яна хакамлар хақ эканда. Арз қилганни наказат қилинглар
Baxil Alihuja
26/10/2021 17:49
Пахтакорни кулуб сифатида тугатиш керак, вассалом! Шу билан анча муаммо хал булади! Пахтакор бу тарихда буюк клуб булган, хозиргиси эса уларни бир тукига хам арзимайди. Хакамлар ёрдамида чемпион булиб, Осиё гурухда охирги урин олиб келаверади. Чемпионатда ундан пастки урин эгалари Пахтакордан яхширок натижа келтиришади.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/10/2021 21:40
selani ham berov ishlarizni sutka oshirarkanmi. sanlaga har bitta klub badal pulini tulap beraptiki. sela nimaga VAR quymagansizla muhim uyinga bulmasa bittasi oliy lega qolish uchun uynasa 2 chisi esa medallar uchun kurashadigan klub bulsa. hammani ham ezaversang ezaversang ohiri asabi charchaydida. keyin selaga uhshaganla kutib turasizlarga. berdan jarimaga tortamiz. unoqa qilamiz bunoqa qilamiz deysizla. bulmasa Ahmoq bulmasalariz. Saylov utdi. ertasi kuni. bemolol jonli Efir qilsazla bulardiki yoki uyinni yozib olib quy. keyin VAR ishlaydigan sudiyala Saylovga nomzodini quyganmi. sanlani ham suroq qiladigan bormi uzi. hammasini uzlaring qilasanda yana chetdan turib. butun boshli muhlislarmi urtasiga sovuqchilik solasizla.