Xushxabar! Tennischimiz Chexiyadagi turnir chempioniga aylandi

  • 29 may, 2022, 23:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Chexiya mezbonlik qilgan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.

Tecno

Sportchimiz hal qiluvchi bahsda AQSh sharafini himoya qilgan Martin Dammni 3 setda, 6:7 (10:12), 7:6 (7:5), 6:3 hisobi bilan mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. 

Ma’lumot uchun, Sultonov bu turnirning 3-tartib raqam ostida saralangan tennischisi edi. U yarim finalda 1-raqamli raketka ustasi Kalvin Emeridan 2 setda ustun kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!