Xushxabar! Tennischilarimiz "Devis kubogi"dagi ishtirokini davom ettiradi

  • 3 aprel, 2022, 15:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "Devis kubogi" I jahon bosqichida qatnashadi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati rasman e’lon qildi. 

Tecno

Gap shundaki, Rossiya va Belarus terma jamoalari musobaqalardan chetlatilgach, ularning o‘rniga saralashda imkoniyatni boy bergan reytingi yuqori jamoalar qo‘shildi. Ular orasiga terma jamoamiz ham bor.  

Shu tariqa, vakillarimiz musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi. Qur’a natijasiga ko‘ra, I jahon bosqichi bahslari 16-18 sentyabr kunlari o‘tib, unda jamoamiz Yaponiyani bilan kuch sinashadi. 

Eslatib o‘tamiz, 4-5 mart kuni ushbu bosqichga chiqish uchun kechgan saralashda tennischilarimiz Turkiyani qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!