Xushxabar! "Devis Kubogi"ni g‘alaba bilan boshladik!

  • 4 mart, 2022, 15:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha norasmiy Jahon chempionati hisoblanadigan "Devis Kubogi" I guruhi pley-off bosqichi uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari O‘zbekiston va Turkiya qarama-qarshiligiga mezbonlik qilyapti. Bugun tomonlarning dastlabki bellashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Sanjar Fayziev dunyo tasnif jadvalida 189-raqamda saralangan Chem Ilkel ustidan 3 setda g‘alaba qozondi.

Dastlab, 6:3 hisobida zafar quchgan vakilimiz 2-setni tay-brekda boy berdi. Hal qiluvchi setda esa, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, yurtimizga dastlabki g‘alabani taqdim etdi.

Endi kun tartibidan o‘rin olgan ikkinchi bellashuvda Sergey Fomin Altug‘ Chelikbilekka qarshi kortga chiqadi.

image_2022-03-04_15-57-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!