
Xushxabar! Aziz G‘aniev mashg‘ulotlarga qaytdi
BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Aziz G‘aniev jarohatidan asta-sekin tiklana boshladi.
Xabaringiz bor, Dubay klubi bugun chempionat doirasida "Baniyas" mehmoni bo‘ladi. Klub matbuoti jamoaning kechgi mashg‘ulotlaridan taqdim etgan suratlarida legionerimizning qaytganini ko‘rish mumkin. Futbolchi hozircha yakka tartibda shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, Aziz G‘aniev musobaqaning 16-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Legionerimiz bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsum 23 yoshli yarim himoyachi 15ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan hamda o‘z nomiga 4 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar