Xummels yana "Borussiya" Dortmundga qaytmoqda

  • 15 iyun, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Mats Xummels yana "Borussiya" Dortmundga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli nemis futbolchisining agenti "Bavariya" rahbariyati bilan gaplashgan. Myunxenliklar esa o‘z navbatida bosh murabbiy Niko Kovachga dortmundliklar Xummelsga qiziqish bildirishayotganini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, Xummels “Bavariya” safiga 2016 yil aynan “Borussiya” Dortmunddan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum Bundesligada jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!