Xorvatiyadan yirik g‘alaba, Turkiya esa o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

  • 9 oktabr, 2021, 01:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" saralash bosqichi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘z maydonida Norvegiyani qabul qilgan turklar 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida  Aktyurkoglu gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, Torstvedt muvozanatni tikladi va mazkur hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi. 



Kipr maydoniga safar qilgan xorvatlar saralash bosqichining 7-turida 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Perishich hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Gvardiol oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yin yakuniga yaqin Livaya gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga kelishini ta’minlab berdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!