
Xorvatiya ruslarning avtogoli evaziga jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
"JCh-2022" saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan Xorvatiya - Rossiya uchrashuvi yakuniga etdi. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda ruslar tajribali raqibga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida Fyodor Kudryashovning avtogoli amalda bahs taqdirini hal qildi.
Ochkolarini 23 taga etkazib olgan xorvatlar 10 turdan so‘ng guruh peshqadami bo‘lib oldi. 22 ochkosi bor Rossiya Mundial yo‘llanmasi uchun navbatdagi saralash bosqichida ishtirok ishtirok etadi.
Fikrlar