
Xolanddan zo‘r hujumchi chiqdi
Bundesliga ekspertlari “Leyptsig” hujumkor futbolchisi Xavi Simons statistikasiga e’tibor qarata boshladi.
Bundesliga klubida ijarada o‘ynayotgan niderlandiyalik futbolchi aslida PSJga tegishli. Mutaxassislar uni ko‘rsatkichlarini Erling Xolandning “Borussiya Dortmund”da o‘ynagan paytidagi natijalarga solishtirmoqda.
Xavi Simons Bundesligadagi debyut mavsumida to‘rtta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi. Xoland Germaniya chempionatidagi ilk mavsumida bunday ko‘rsatkichni qayd etolmagan.
20 yoshli futbolchiga “Chelsi” darrov e’tibor qaratdi. “Aristokratlar” PSJ rahbariyatiga o‘yinchini so‘rab, murojaat qilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Xavi Simons “Barselona”, “Bavariya” va “Nyukasl” kabi jamoalar nishonida turibdi. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda.
Simons o‘tgan mavsumda PSV uchun to‘p tepib, Niderlandiya chempionatida 34 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ygandi.
Fikrlar