Xoland ikkinchi liga darajasidagi hujumchi!

  • 1 aprel, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning afsonaviy futbolchisi Roy Kin “Manchester Siti” va “Arsenal” uchrashuvidan keyin “shaharliklar” forvardi Erling Xolandni keskin tanqid qildi.

Tecno

- Xolandning o‘yini darajasi umumiy jihatdan olib qaraganda juda past. Raqib darvozasi oldida esa, u dunyodagi eng zo‘ri.  Bu holat futbolchi uchun yomon. Erling buni yaxshilashi kerak.

Xoland ikkinchi liga o‘yinchisiga o‘xshaydi. Har holda menga shunday ko‘rinyapti. Uning umumiy o‘yinini yaxshilash kerak va bunga bir necha yillar kerak bo‘ladi, - dedi Roy Kin.

Norvegiyalik forvard “shaharliklar” safida 2022 yilning yozidan beri to‘p tepyapti. Uning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Xoland Xosep Gvardiola qo‘l ostida trebl qayd etib, Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!