Xoland g‘aroyib rekord o‘rnatdi

  • 20 may, 2024, 16:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumida ham iste’dodli hujumchi Erling Xoland gol urish bobida hammadan ustunligini isbotlab qo‘ydi.

Tecno

Statistikaga ixtisoslashgan Squawka nashri norvegiyalik futbolchi g‘aroyib rekord qayd etganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Xoland Angliya Premer-ligasi tarixida ketma-ket ikki mavsumda ham chempion, ham eng yaxshi to‘purarga aylangan birinchi futbolchi sifatida nomini tarixga muhrladi.

Xoland o‘tgan yilgi chempionatda raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qilib, to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqan edi. Bu gal 23 yoshli forvard o‘z hisbiga 27 ta to‘p yozdirib qo‘ydi va to‘purarlik poygasida “Chelsi” vakili Koul Palmer (22 ta gol) hamda “Nyukasl” forvardi Aleksandr Isaakni (21 ta gol) ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!