
Xoland bu futbolchiga tan berdi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Buyuk Britaniya professional futbol assotsiatsiya tomonidan o‘tgan mavsumning eng zo‘r o‘yinchisi, deb topilgan jamoadoshi Fil Foden haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- Fodenni ajoyib inson deb bilaman. U bilan bir jamoada to‘p tepayotganimdan mamnunman. Fil haqiqatan g‘aroyib futbolchi. Mashg‘ulotlarda amalga oshirayotgan ishlarining o‘zi ham fantastika. Mana shunday charm to‘p ustasi bilan bir jamoaga o‘ynayotganimdan baxtiyorman, - dedi Erling Xoland.
Fil Foden klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.
Erling Xoland “Manchester Siti”ga kelguniga qadar Norvegiyada “Bryune”, “Molde”, Avstriyada “Zaltsburg”, Germaniyada “Borussiya Dortmund” klublarida o‘ynagan. “Shaharliklar” uni ikki yil muqaddam 60 million evroga transfer qilgan edi.
Fikrlar