Xokkey. "Humo" tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 noyabr, 2022, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Bundan avvalroq, Toshkentning "Humo" xokkey klubi bir qator o‘yinchilari bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Klub matbuot xizmatining yozishicha, "qanotlilar" himoyachi Stanislav Tunxuzin bilan shartnoma imzoladi.

Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli Tunxuzin "Molot" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatini VXLda Orskning "Yujniy Ural" klubida boshlagan. U VXLda jami 420 ta o‘yin o‘tkazib, 145 (50 + 95) ochko to‘plagan. Qozog‘iston chempionatida esa “Torpedo”, “Saryarqa” va “Olmaota” klublari tarkibida o‘ynagan.

Stanislav Tunxuzin "Humo" safida 51-raqam ostida faoliyat yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!