
Xokkey. "Humo" ikkinchi o‘yinda ham "Kulager"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Qozog‘iston Pro-ligasida ishtirok etayotgan “Humo” chempionatning o‘z maydonida Petropavlovskning “Kulager” jamoasiga qarshi ikkinchi bahsini o‘tkazdi.
E’tiborlisi, "qanotlilar" ikkinchi uchrashuvda ham raqibni taslim qildi. Bu safar "Humo" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda ham "Humo"ning qo‘li baland kelgan edi - 3:1.
Fikrlar