
Xokkey. "Humo" hujumchisi bilan shartnomani bekor qildi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi rossiyalik hujumchi Artyom Burdelyov bilan o‘zaol kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, hujumchi “qanotlilar” tarkibida 13 o‘yin o‘tkazib, 4 (1+3) ochko to‘pladi, foydalilik ko‘rsatgichi +5.
“Artyomga qo‘shgan xissasi uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida omadlar tilab qolamiz”, - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar