
Xokkey. "Humo" "Gornyak" klubiga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi
Toshkentning "Humo" klubi Rudniyda mahalliy "Gornyak" jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Kecha bo‘lib o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda "Humo-2" 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan edi. Bugun esa mezbonlar toshkentliklarga imkon qoldirmadi - 2:5.
Mehmonlar safida Viktor Ekk hamda Artyom Popitichlar raqib darvozasiga shayba kiritishga erishdilar. Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 21 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 11 klub orasida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
"Gornyak" (Rudniy, Qozog‘iston) - "Humo-2" (Toshkent, O‘zbekiston) 5:2 (1:0, 3:1, 1:1)
1:0 - Shankin (Seluyanov, Stepanov) - 12:54
2:0 - Jilin (Vudunyan) - 28:54
3:0 - Zinchenko (Efremov, Kachulin) - 31:56 ozchilikda urilgan gol
4:0 - Shalamov (Jilin, Yulbarisov) - 33:00
4:1 - Ekk (Kevlin) - 39:41
5:1 - Xarkin (Efremov) - 40:40 ozchilikda urilgan gol
5:2 - Popitich (Mexonoshin) - 50:44
Fikrlar