
Xokkey. "Humo-2" Qozog‘istonda zafar quchdi
Toshkentning "Humo-2" klubi Rudniyning "Gornyak" jamoasi mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvning birinchi davrida hisob ochilmadi.
Ikkinchi davr o‘rtalarida esa Vasiliy Aniskin va Aleksandr Yanchuklarning uzatmasidan so‘ng Artyom Popitich shayba kiritib, hisobni ochishga erishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan esa Shankin muvozanatni tikladi.
Uchrashuv tugashiga bir yarim daqiqa qolganida esa Aniskin tomonidan kiritilgan shayba toshkentliklarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 11 klub orasida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Qozog‘iston ochiq chempionati
"Gornyak" (Rudniy, Qozog‘iston) - "Humo-2" (Toshkent, O‘zbekiston) 1:2
0:1 - Popitich (Aniskin, Yanchuk) - 27:43
1:1 - Shankin (Seluyanov, Xarkin) - 31:05 GB
1:2 - Aniskin (Svetlishin) - 41:31
Fikrlar