Xokkey. "Humo-2" "Astana"ni "yanchib tashladi"

BEPUL PROPAN

Bugun Toshkentning "Humo-2" klubi Qozog‘iston chempionati doirasida o‘z maydonida "Astana"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 7:3 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa "Humo-2" hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ertaga soat 19:00 da javob bellashuvi bo‘lib o‘tadi. 

"Humo-2" (Toshkent) - XK "Astana" (Nur-Sulton) 7:3 (2:1, 2:0, 3:2)

0:1 - Nigay - 11:06
1:1 - Axmetyanov (Aniskin, Yanchuk) - 13:03
2:1 - Axmetyanov (Yanchuk) - 19:57
3:1 - Kevlin (Zubkovskiy, Letov) - 26:35 GB
4:1 - Baldin (Amirov, Mexonoshin) - 31:54
5:1 - Kevlin (Letov, Sedov) - 45:46
5:2 - Solodovnikov (Shiller, Karpasov) - 52:57
6:2 - Almetkin (Porvanov, Troshin) - 54:00
7:2 - Golev (Baldin, Mexonoshin) - 55:12
7:3 - Shiller (Kalinovskiy, Karpasov) - 58:31 GB

Darvozabonlar: Tselikov (Zaripov, 52:57 - 60:00) - Nechvienko (Kazachenko, 26:35 - 60:00)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!