
Xokkey. Bu safar do‘ppi kimga nasib etdi?
Kecha Toshkentning "Humo" jamoasi Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi doirasida Samaraning TsSK VVS klubini qabul qildi v overtaymda kiritilgan gol evaziga raqibdan 4:3 hisobida ustun keldi.
Mazkur bellashuvda ikkita shayba kiritib, "Humo"ning g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shgan Semyon Valuyskiy kechagi uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi bo‘ldi va o‘zbek do‘ppisini qo‘lga kiritdi.
U ushbu do‘ppini Platon Popovdan qabul qilib oldi. Eslatib o‘tamiz, "Humo" jamoasida o‘ziga xos an’ana mavjud. Unga ko‘ra, o‘yin davomida o‘zini ko‘rsatgan xokkeychiga o‘zbek do‘ppisi topshiriladi.
Fikrlar