
Xokkey. “Binokor” peshqadamni tor-mor etdi
Ushbu bahslarda qayd etilgan natijalar turnir jadvalidagi intrigani maqsimal darajada qizdirib bermqoqda. Bu turda “Binokor” peshqadam “Humo”ni 6:3 hisobida, “Toshkent” esa “Semurg‘”ni 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Ta’kidlash joiz, poytayxtimizga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Milosh Rjiga mazkur turda shaybani ramziy o‘yinga kiritib berish jarayonida ishtirok etdi.
Turnir jadvalida “Humo”, “Binokor”, “Toshkent” va “Semurg‘” jamoalari ayni shu ketma-ketlikda joy olishgan. E’tiborlisi, endilikda har bir klub o‘rtasidagi farq atigi 1 ochkoni tashkil qilmoqda.
Keyingi tur uchrashuvlarida “Humo” – “Semurg‘”, “Binokor” – “Toshkent” jamoalari kuch sinashadi.
Xokkey. O‘zbekiston chempionati, 12-tur
«Humo» (Toshkent) – «Binokor» (Toshkent) – 3:6 (1:1, 0:3, 2:2)
«Toshkent» (Toshkent) – «Semurg‘» (Toshkent) – 3:2 (:0, 0:1, 2:1)
Fikrlar