
Xitoy klubi "Roma" hujumchisiga 8 mln evro maosh va’da qilmoqda
"Roma" klubi forvardi Stefan El-Shaaravi faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.
Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha 26 yoshli italiyalik futbolchi "Shanxay Shenxua"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Ushbu klub unga yiliga 8 mln evro maosh va’da qilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “bo‘rilar” uni 20 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq El-Shaaravi nomi oshkor etilmagan Xitoy klubining taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, El-Shaaravi o‘tgan mavsum “Roma” safida 43ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol urishga erishdi.
Fikrlar