
Xitoy klubi Immobilega 10 mln evro maosh taklif qilmoqda
Rimning "Latsio" klubi hujumchisi Chiro Immobile faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar 29 yoshli italiyalik futbolchi uchun yiliga 10 mln evro maosh va’da qilishmoqda. Bu "Dalyan Ifan" klubi bo‘lishi mumkin.
Aytish kerakki, chin yurti vakillari Immobile uchun rimliklarga 60 mln evro taklif qilishgan, biroq rad javobini olishgan. Shu bois Xitoy klubi yanada ko‘proq pul taklif qilishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Immobile o‘tgan mavsum “Latsio” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19ta gol hamda 12ta golli uzatma yodirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar