
“Ximki” O‘runov transferi masalasida bayonot berdi
“Ximki” klubi kuzatuv kengashi a’zosi Roman Teryushkov jamoa “Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov uchun kurashayotgani haqida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
O‘runovga qiziqayotganimizning fakti sifatida kengaytirilgan ro‘yxatda uning nomi borligi ko‘rsatilmoqda. Lekin futbolchining nomi 100 nafar o‘yinchi kiritilgan qog‘ozda aks etgani hali hech narsadan darak bermaydi.
O‘runov uchun hech qanday kurash kechayotgani yo‘q. Biz transfer bozorini kuzatyapmiz. O‘runovning yosh o‘yinchi ekani bizning talabimizga javob beradi xolos. Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Juda ko‘p provakitsiya qilinmoqda, mish-mishlar avj olgan. Ayrimlar shu yo‘llar bilan jamoaga qo‘shilib olishni istaydi, - dedi Roman Teryushkov.
Avvalroq, Rossiya matbuoti “Ximki” O‘runovni “Spartak”dan ijaraga olishi, agar moskvaliklar shartnomani bekor qilsa, uni to‘liq transfer qilishi haqida yozgandi.
Ma’lumotlarda Oston O‘runovga Rossiya premer-ligasiga qaytgan Moskvaning “Torpedo” klubi ham da’vogarlik qilayotgani keltirilgan.
Fikrlar