
"Xetafe" "Barselona" yarim himoyachisini ma’lum bir shart evaziga ijaraga oladi
La Liga klubi "Xetafe" "Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenyani mavsum so‘nggigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ushbu kelishuv amalga oshishi uchun "Xetafe" Evropa ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olishi kerak bo‘ladi. 21 yoshli ispaniyalikning o‘zi ham kam o‘yin amaliyoti sabab yanvar oyida klubni tark etishga tayyor. Agar ushbu kelishuv amalga oshmay qolsa, "Xetafe" "Real" xavbeki Braim Diasni ijaraga olishga urinib ko‘radi.
"Xetafe" pley-offga chiqish uchun so‘nggi turda "Krasnodar" bilan durrangga erishishi etarli bo‘ladi.
Fikrlar