Xendersonning Angliyaga qaytishiga katta to‘siq bor

  • 9 yanvar, 2024, 21:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jordan Xenderson o‘tgan yoz Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

“Al-Ittifoq” o‘yinchisiga aylangan mashhur futbolchi arab mamlakati hayotiga va iqlimiga moslasha olmayapti. Angliyaning bir necha klublari unga ish berishga tayyor.

Biroq Xenderson ortga qaytish uchun katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. The Telegraph nashrining xabar berishicha, Xenderson yanvar oyida mamlakatga qaytadigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligiga 3,5 million evro miqdorida soliq to‘laydi.

Manbaga ko‘ra, Xendersonga haftasiga 400 ming evrolik maosh belgilangan va u Saudiya Arabistonida kamida ikki yil to‘p tepsa, uning shartnomasi soliq talablariga jalb qilinmasligi belgilab qo‘yilgan.

Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, Birlashgan Qirollik fuqarolari xorijda ishlash uchun mamlakatni tark etsa, ular borgan joyida soliq hisobi bo‘yicha to‘liq bir yil o‘sha erda qolishi, erta qaytsa, daromadining 45 foizini soliq sifatida to‘lashi kerak bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!