Xenderson arablardan ruxsat oldi va Evropaga qaytmoqda

  • 18 yanvar, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning sobiq sardori Jordan Xenderson o‘tgan yoz kutilmaganda Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan edi.

Tecno

“Al-Ittifoq” bilan juda foydali kelishuv imzolagan britaniyalik futbolsi Saudiya sharoitiga moslasha olmadi. Xendersonga arablarning turmush tarzi, mamlakatning ob-havosi, kam sonli muxlislar ko‘z o‘ngida to‘p tepish kabi masalalar to‘g‘ri kelmay qoldi.

The Athletic nashrining yozishicha, tajribali futbolchi klub rahbariyati bilan hamkorlikni to‘xtatish borasida kelishib olgan.

Xenderson o‘ziga yangi jamoa ham tanlab ulgurdi. Evropaga qaytayotgan yulduz faoliyatini “Ayaks”da davom ettirishga rozilik bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!