
Xebay "Paxtakor"ga o‘tadimi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, "Andijon" forvardi Ruben Xebay tanlov oldida turibdi:
"Rubin Xebay masalasida. Ancha avval, uni "Paxtakor" qiziqishlar doirasida ekanligi xaqida yozgan edim.
Bugunga kelib, barchasi o‘zgarib ketdi. Maksim Shatskix albaniyalik xujumchi rejalarida yo‘q ekanlini, Rubin Xebay esa "Paxtakor" unga taklif bn chiqmaganini aytdi.
Xebay bn bir nechta xorij klubi jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi ularni ko‘rib chiqmoqchiligini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, u "Andijon"ning Turkiyada bo‘ladigan yig‘inida ishtirok etadi. Agar variantlari orasida moliyaviy tomondan "Andijon"dan yaxshiroq taklif bo‘lmasa, kelasi mavsumni xam "Bobur Arena"da o‘tkazadi."
Fikrlar