
Xayr, afsona!
"Real" Madrid klubi himoyachisi Marselo jamoasining chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng muhim xabarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, futbolchi jamoani tark etishi aniq bo‘lganini ta’kidladi.
"Men ajoyib hissiyotlarni boshdan kechirdim. Men uchun buni aytish og‘ir. Ayniqsa, do‘stlarim, oilam yonida buni so‘z bilan ta’riflashim qiyin.
Mavsum biz loyiq bo‘lgan ko‘rinishda yakuniga etdi. Hozir miyamda g‘alati hodisalar sodir bo‘lmoqda.
Men chempionlar ligasida 5 marta g‘olib bo‘ldim. Bu haqda hatto orzu ham qilmaganman.
Biz yigitlar bilan birga harakat qildik, kurashdik. Bu ilk finalini o‘tkazayotgan yosh jamoadoshlarim uchun unutilmas oqshom bo‘ldi. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. "Real"ga oxirigacha ishonganingiz uchun rahmat, azizlar!
Mening Madriddagi sarguzashtlarim nihoyasiga etdi. Afsuski, bu haqiqat. Men shaharni, klubni, bu erdagi har bir o‘tkazgan daqiqalarimni yoddan chiqarmayman. Sizlar mening qalbimdasiz! HALA MADRID!!!", - dedi Marselo o‘yindan so‘ng.
Fikrlar