
Xavi: Uchalangdan biringni olaman!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa hujum chizig‘ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtiryapti.
Taniqli jurnalist Ramon Salmurrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yozda “Liverpul” futbolchilaridan Muhammad Saloh, Luis Dias yoki “Tottenxem” vakili Son Xin Minni transfer qiladi.
Bu rejani amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, “Barselona” mutasaddilari moliyaviy vaziyatga maqbul echim topishi kerak.
Chunki nishondagi futbolchilarning barchasi qimmat o‘yinchilar toifasiga kiradi. Transfermarkt portali Salohni 70, Diasni 75 va Sonni 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar