Xavi "Real"da o‘ynagan hujumchini "Barselona"ga olib kelmoqchi

  • 30 dekabr, 2021, 14:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Yuventus"da ijara asosida o‘ynayotgan hujumchi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda. 

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik forvard bilan kelishuv oson bo‘lmaydi, biroq "ko‘k-anorrangilar" bosh murabbiyi zudlik bilan Moratani tarkibga qo‘shib olish kerakligini rahbariyatga aytgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi Moratani qo‘lga kiritishi uchun kimnidir sotib yuborishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" 29 yoshli goleadorni sotib olish huquqiga ega. Hozircha Turin klubi Morata borasida aniq bir qarorga kelmagan. "Yuve" ham so‘nggi paytlarda xuddi "Barselona" kabi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Alvaro joriy mavsum umumiy 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!