
Xavi murabbiylik faoliyatini Sevilya klubida boshlashi mumkin
Xabaringiz bor bundan avvalroq Qatarning “Al Sadd” klubida to‘p surayotgan ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi joriy mavsum yakunlangach faoliyatini yakunlashi va murabbiylikda o‘z omadini sinab ko‘rmoqchiligi haqida ma’lum qilgan edi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 39 yoshli Xaviga “Betis” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Sevilyaliklar bosh murabbiy lavozimiga aynan uning nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Jamoaning amaldagi ustozi Kike Seten esa mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi allaqachon UEFA murabbiylik kurslarida ta’lim olishni boshlab yuborgan va tez orada murabbiylik litsenziyasini oladi.
Ma’lumot uchun, “Betis” ayni damda Ispaniya La Ligasida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar