
Xavi Benzema va Levandovskini solishtirdi
"Real"ga qarshi javob o‘yini oldidan matbuot anjumani chog‘ida "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Robert Levandovski va Karim Benzema haqida savol oldi. Yosh mutaxassisdan ushbu futbolchilarni qay biri kuchli ekanligi so‘ralgan.
"Savol oson emas. Gap, ehtimol, dunyoning eng yaxshi uchta hujumchisidan ikkitasi haqida ketmoqda. Ular biroz o‘xshash va o‘z klublari uchun juda muhim futbolchilar. Benzema juda iqtidorli, u kerakli vaqtda qaerda bo‘lishni biladi. Robert jismonan kuchliroqdir", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bahsida "Barselona" mehmonda "Real"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar