Xanchjou-2022. Sportchilarimiz chiqishlarini kuzatib boring!

  • 1 oktabr, 2023, 06:50
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Assalomu Alaykum qadrli sport ishqibozlari. Osiyo o‘yinlari musobaqasining navbatdagi kuniga start beramiz. Bugun, bir nechta hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladi. Bugungi kun tartibidan o‘rin egallagan sportchilarimizning chiqish vaqtlari bilan tanishing.

Tecno

123123_1

43kr43ok3

Sizga qulay bo‘lishi uchun, yangiliklar avtomatik ravishda shu xabar ostida berib boriladi. Shunchaki, uni yangilab tursangiz bo‘lgani! Kun davomida atletlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

6:45. Xanchjou-2022: Shohsanam Sherzodova finalga yo‘l oldi

43p3lp3

Erta tongdan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlarga start berildi. O‘zbekiston terma jamoasi bugungi saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladi. Ayollar o‘rtasida 200 metrga kanoeda eshkak eshish dasturida qatnashgan Shohsanam Sherzodova o‘z guruhida uchinchi natija bilan finalga yo‘l oldi.

7:05. Madina Ashrafxonova yarim final orqali medallar uchun kurashadi

23щlp2щlp2

Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Madina Ashrafoxonova yarim finalchilar qatoridan joy oldi. 500 metr masofaga kechgan saralash bahsida yurtdoshimiz marraga to‘rtinchi bo‘lib etib keldi.

07:23. Yana biz dasturda finaldamiz

Eshkak eshish bahslarida tonggi bellashuvlar yakunlandi. So‘nggi dasturda startga chiqqan baydarkachi yigitlarimiz kvarteti final masalasini ijobiy hal qilishdi. 500 metrga kechgan saralashda D.Onufriev, U.Ibragimov, S.Haydarov va O.Amrdiddinovdan iborat jamoamiz uchinchi natija bilan finalga chiqdi.

p34lo‘p3lp

07:30. Kurash. Polvonlarimiz boshladi!

-81 kg vazndagi Umid Esanov ilk bosqichda xech qanday qarshilikka uchramay g‘alaba qozongan bo‘lsa, Malika Qahhorovaning raqibasi gilamga chiqishdan bosh tortdi.

07:45. Afsuski, Ravzahon Adasheva xitoylik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

2p3lz2pl3

07:55. Ko‘pkurash. Nayza uloqtirish bahslarini birinchi pog‘onada yakunlagan Ekaterina Voronina medal qo‘lga kiritish uchun juda yaqin turibdi. Oldinda, birgina 800 metrga yugurish bahslari qolgan xolos.

08:20. kurash. Umid Esonov yarim finalga yo‘l oldi. Filippinlik polvonni enggan sporchimiz oltin medal uchun dadil odimlamoqda!

fqafqa3a

08:30. Kurash. - 70 kg. Malikahon Qahhorova Saudiya Arabistonlik raqibasini engib yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi

3o‘4lo‘l34

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Bugun ikki nafar hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadigan bahslarda Umid Esanov -81 kg, Malika Qahhorova esa -70 kg vazn toifasida final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

08:40. "Ot sporti". Alisher Erkinov 21 sportchi ishtirok etgan bahsni 15 pog‘onada yakunladi.

Xanchjou-2022: Ekaterina Voronina so‘nggi dasturdan oldin nechanchi o‘rinda?

4lo‘3o‘pl34p

Bugun kechki dasturda engil atletikaning ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ekaterina Voronina ayni paytda 5176 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Hamyurtimiz bugun tongda uzunlikka sakrash dasturida 5.95 metr (834 ochko), nayza uloqtirishda esa 49.76 metr (855) natija qayd etdi. Kechki dasturda 800 metrga yugurish bahslari bilan g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

10:15. Toshkent vaqti bilan 11:00 da kurash sport turida yarim final bahslariga start beriladi. Avval Habar berganimizdek unda ikki nafar vakilimiz ishtirok etadi.

-81 kgda: Umid Esanov - Hassan Rasooli (Afg‘oniston)
-70 kgda: Malikaxon Qaxxorova - Donya Agaei (Eron)

11:20. Afsus, Malikaxon bronzo medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Sportchimiz yarim final eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

11:33. Umid Esonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda!

ANV_7768

Mahoratli kurashchimiz Umid Esanov ham yarim final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz afg‘onistonlik Hasan Rasulini mag‘lub etdi va oltin medal uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi.

 

11:42. Sitora Turdibekova chorak final jangini o‘tkazdi

Ayollar boksining -57 kg vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Sitora Turdibekova Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz hindistonlik Parvin bilan bahsda mag‘lubiyatga uchradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
01/10/2023 17:08
Xudo xoxlasa 100 medal bilan qaytasizlar
İsko İsko
01/10/2023 14:05
Masaalloh
&
Dili
01/10/2023 08:38
Яшанглар омад сизларга Узбекистан бойрогини юкори кутаринглар