
Xanchjou-2022. Keskin va shiddatli o‘tgan bahsda O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
Osiyo o‘yinlari chorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi o‘z nihoyasiga etdi va unda vakillarimiz
Dastlab, 24-daqiqada Jasurbek Jaloliddinovning super pasidan so‘ng Saidazamat Mirsaidov hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘ngida posbonimiz Vladimir Nazarov tepgan to‘p Alisher Odilovga bordi va u raqib darvozabonini aldab o‘tib ochiq qolgan darvozaga to‘pni qiyinchiliksiz kiritdi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan saudiyaliklar 66-daqiqada hisobni qisqartirdi. Muhammad Maran Nazarov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘l topdi.
Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar