
Xalqaro musobaqada munosib ishtirok etgan yosh shaxmatchlar taqdirlandilar!
Joriy yilning, 21 may kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan G‘arbiy Osiyo chempionatining shaxsiy birinchiligi — standart, rapid va blitz yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli yosh shaxmatchilarimizning yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ularning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shgan murabbiylar hamda ota-onalarga minnatdorlik bildirildi.
Marosim yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda jami 23 ta medalga sazovor bo‘ldi. Jumladan:
7 ta oltin
8 ta kumush
8 ta bronza
Fikrlar