
Xabib Nurmagomedovning hisob raqami yana bloklandi. Bu safar nima uchun?
Federal soliq xizmati UFC sobiq chempioni, 36 yoshli Xabib Nurmagomedovning bank hisobini yana blokladi. Bu haqda “Mash na Sporte” telegram kanali xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bu harakatga Nurmagomedovning 2024 yil uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirmagani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Xabibning bank hisoblari 320 million rubl qarz tufayli bloklangan va sud ijrochilari mol-mulkni musodara qilishgandi.
Fikrlar