Xabib Nurmagomedov Islom Maxachevning navbatdagi raqibi haqida gapirdi

  • 23 oktabr, 2022, 13:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Islom Maxachevning Charlz Oliveyra ustidan qozongan g‘alabasi va uning kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

Tecno

"Jang oldidan Islom bu to‘qnashuvni yakunladi, degandim. Birinchi raund ajoyib tempda o‘tdi, bunday bo‘lishini kutgandik. Islom uni bir-ikki marta bo‘g‘ishga harakat qildi. Biz Oliveyrani botqoqlikka tortishimiz kerak edi.

G‘alabadan juda xursandman. Islom so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan tarix yaratdi. Bizda Ramazon oyigacha yana bir jang o‘tkazish rejasi bor. Men uning Aleks Volkanovskiga qarshi oktagonga ko‘tarilishini istardim. Albatta, sakkizta g‘alabaga erishgan Beneil Dariyush ham bor.

Ammo Volkanovski P4P reytingi etakchisi, katta nom. Agar UFC buni xohlasa, davom etishga tayyormiz. Volkanovski yoki Dariyush, mart oyi boshida",-dedi Xabib.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!